Avvalroq “EastFruit” “Renet Simirenko” va “Golden Delicious” navli olma narxi keskin tushib ketgani haqida yozgan edi.

2023-yilning 10-noyabridan 24-noyabriga qadar ushbu navlarning ulgurji narxlari mos ravishda 29% va 23% ga arzonlashgan.

Biroq, “EastFruit” mutaxassislarining fikriga ko‘ra, “Renet Simirenko” navidagi olma narxining pasayishi juda qisqa muddatli bo‘lib chiqdi va keyingi ikki hafta ichida bu mahsulotlar deyarli ikki baravar qimmatlashdi.

“EastFruit” narxlari monitoringiga ko‘ra, 2023-yil 24-noyabrdan 8-dekabrgacha “Renet Simirenko"ning o‘rtacha ulgurji narxi 5000 dan 9000 so‘m/kg gacha ($0,41 dan $0,73 ga) ya’ni bu davrda 1,8 marta oshgan.

2023-yil 8-dekabr holatiga ko‘ra, ushbu mahsulotlarning o‘rtacha ulgurji narxi o‘tgan yilning shu sanasiga nisbatan 50%ga, 2021-yilning shu sanasiga nisbatan 13%ga va 2019−2020-yillarning shu sanasida qayd etilgan darajalarning kamida uchdan bir qismiga yuqori.

eastfruit, olma narxi, renet simirenko, tahlil

“Golden Delicious” olma narxlari dinamikasi joriy yilning 10−24 noyabr kunlari ulgurji narxlar keskin pasayganidan so‘ng keyingi haftalarda ushbu mahsulotlarning o‘rtacha ulgurji narxi bir xil darajada — 10 000 so‘m/kg ($0,81) saqlanib qoldi.

Bundan tashqari, “EastFruit” jamoasi tomonidan meva-sabzavotlarning ulgurji narxlarining haftalik monitoringiga kiritilgan “Gala” va “Granny Smith” navli olma narxi so‘nggi ikki hafta ichida ularning o‘rtacha ulgurji narxlari ham o‘zgarmagan va mos ravishda 14 000 so‘m/kg ($1,14) va 8000 so‘m/kg ($0,65) darajasida saqlanib qoldi.

Biroq, “Fujii” olmasining o‘rtacha ulgurji narxi bu davrda 14 ming so‘mdan 15 ming so‘m/kg gacha ($1,14 dan $1,22 ga) oshdi.


Avvalroq “Spot” O‘zbekistonda apelsinning narxi pasayishda davom etayotgani haqida yozgandi.

10-noyabrdan 8-dekabrgacha apelsinning o‘rtacha ulgurji narxi 23 ming so‘mdan 13 ming so‘mga arzonlagan.