O‘zbekistonliklar Belarusning “Belavtomaz” avtomobil ishlab chiqarish zavodiga ishga taklif etilmoqda. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar berdi.

Fuqarolar kompaniyaning tokar vazifasi uchun qabul qilinmoqda.

Ishchilarga 2370 Belarus rubli ($720) miqdorida ish haqi beriladi. Maosh soliqlar to‘langandan keyingi summada keltirilgan.

ish vaqti 5 kun 8 soatdan davom etadi, yotoqxona ish beruvchi tomonidan ta’minlanadi. Ovqatlanish xarajatlari esa ishchilarning o‘z hisobidan qoplanadi.

Nomzodlar 18 yoshdan 50 yoshgacha, tajribaga ega bo‘lishi, suhbat darajasida rus tilini bilishi kerak.

Bundan tashqari, sudlanmaganlik hamda O‘zbekistondan chetga chiqishga ta’qiq yo‘qligi talab etiladi.

Ishlash istagida bo‘lganlar havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. Batafsil ma’lumot bu yerda.


Avvalroq o‘zbekistonliklar Slovakiyaga ishga taklif etilayotgani haqida xabar berilgandi. Fuqarolar mehmonxona xizmatchisi ishlariga jalb qilinib, 600 yevro miqdorida ish haqi beriladi.