“Forbes” 2023-yil dekabr holatiga ko‘ra dunyoning eng boy 10 kishisi ro‘yxatini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, hamon Ilon Mask birinchi pog‘onani egallab turibdi. Uning boyligi $245 mlrd sifatida baholangan.

Ikkinchi o‘rinni fransuz milliarderi, “Louis Vuitton” kompaniyasi rahbari Bernard Arno $191 mlrd bilan band etdi.

“Amazon” asoschisi Jeff Bezos uchinchi o‘rinda. Uning boyligi dekabr oyida $168 mlrddan oshgan.

“Forbes” talqiniga ko‘ra 2023-yilning dekabr oyi holatiga ko‘ra dunyoning eng boy 10 nafar milliarderi:

Milliarder
Boyligi
Ilon Mask
$245,3 mlrd
Bernard Arno
$191,3 mlrd
Jeff Bezos
$168,4 mlrd
Larri Ellison
$146,5 mlrd
Uorren Baffet
$119,3 mlrd
Bill Geyts
$117,6 mlrd
Mark Sukerberg
$115,9 mlrd
Stiv Balmer
$112,8 mlrd
Larri Peyj
$111,7 mlrd
Sergey Brin
$107,3 mlrd

Qayd etilishicha, noyabr oyi milliarderlar uchun aksiyalar narxi bo‘yicha juda yaxshi oy bo‘lgan.

Dunyodagi eng boy 10 kishining barchasida daromad oshishi kuzatilgan bo‘lib, ularning boyligi jami 9%ga o‘sdi.


Oktabr oyida ham Ilon Mask “Forbes” talqini bo‘yicha AQShning eng boy odamlari ro‘yxatida yana birinchi o‘rinni egallagandi.

O‘sha paytda “SpaceX” va “Tesla” kompaniyalari egasining boyligi $251 mlrdga baholangandi.

Ikkinchi o‘rinni Amerikaning “Amazon” korporatsiyasi asoschisi Jeff Bezos $161 mlrd boylik bilan egalladi.

Uchinchi o‘rinda “Oracle” korporatsiyasi asoschisi va sobiq bosh direktori Larri Ellison $158 mlrd bilan turibdi.