Sentabr oyi boshida Toshkent viloyatida migrantlar bilan ishlashish bo‘yicha hokimning virtual ofisi tashkil etilishi ma’lum qilingandi.

19-dekabrdan migrantlar bilan ishlash bo‘yicha viloyat hokimi Zoyir Mirzayevning virtual ish ofisi test rejimida o‘z faoliyatini boshladi. Bu haqda hokimlik matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur ofis migrantlarning murojaatlarini uzluksiz qabul qilish, hal etish va bu jarayonlarni nazorat qilishga qaratilgan.

Viloyatda migrantlar bilan ishlaydigan maxsus Shtab tuzilgan bo‘lib, Ishchi guruh asosan, xorijdagi mehnat migrantlarining xatlovini o‘tkazish va vatanga qaytarish tadbirlarini tashkil etish, ularni ish bilan band qilish va moddiy ta’minotini yaxshilashga ko‘maklashishga xizmat qiladi.

Maxsus shtab telefon raqamlari — +998702025116, +998702025117, +998702025118, +998702025119 hamda +998702025120.

Avvalroq Toshkent viloyatida Innovatsion guruh tashkil etilgandi. Uning maqsadi chorvachilik sohasini iqlim o‘zgarishiga moslashtirish va sut mahsulotlarini ishlab chiqarishga qaratilgan.