O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlar “qiyin bosqich"ga o‘tmoqda, bunda izchillik asosiy muammoga aylanadi. Bu haqda “Fitch Ratings” agentligi hisobotida keltirilgan.

Geosiyosiy beqarorlikka qaramay, hukumatning islohotlarga bo‘lgan ko‘zga ko‘ringan siyosiy majburiyati kuchliligicha qolmoqda.

Biroq, ba’zi qadamlar, jumladan, maqsadli va subsidiyalangan kreditlashdan voz kechishni kechiktirish “bozor iqtisodiyotiga o‘tishdagi qiyinchiliklar” dan dalolat beradi.

Shu tariqa, Shavkat Mirziyoyev oktabr oyida “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat aksiyadorlik jamiyatiga Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasiga ajratilgan $140 mlnlik kreditni qaytarish muddatini kechiktirish to‘g‘risida farmon chiqardi. Prezident shuningdek, vagonlar ishlab chiqarish va eksport hajmini oshirish uchun $150 mln ajratishga qaror qildi.

Bu bozor kreditlashga o‘tish o‘rniga davlat tomonidan kreditlar berish davom etayotganidan dalolat beradi. “Qishloq qurilish bank” negizida kichik biznesni moliyalashtirishga ixtisoslashtirilgan muassasa tashkil etilgani ham shundan dalolat beradi.

Qayta tashkil etilgan “Biznesni rivojlantirish banki” davlat tomonidan ajratilgan mablag‘lar hisobidan bozor stavkasidan past stavkalarda kreditlar beradi.

Shu bilan birga, tahlilchilarning ta’kidlashicha, “BRB” stavkalari boshqa imtiyozli kreditlar bilan solishtirganda sanoatning o‘rtacha darajasiga yaqinroq bo‘ladi.

Bundan tashqari, “Ipoteka-bank” aksiyalarining nazorat paketi sotilgandan keyin ikkita yirik bankni xususiylashtirish muddati uzaytirildi. Buning sabablari institutlarni o‘zgartirishdagi kechikishlar va potensial investorlarning ehtiyotkorligi bo‘lishi mumkin.

Islohotlarni baholashda asosiy nuqta 2024-yilda energiya tariflari bo‘yicha islohotlarni davom ettirish qarori bo‘ladi, deya kutmoqda “Fitch Ratings” agentligi.

Mutaxassislar Rossiyadan gaz yetkazib berish bo‘yicha tuzilgan shartnomani yutuq sifatida ta’kidladilar, shu bilan birga bir qator hududlarda gaz quyish shoxobchalari ishi qisqarganini ham qayd etdilar.

Gaz ta’minotidagi uzilishlarning muvaffaqiyatli oldini olish rasmiylarga tariflarni liberallashtirish uchun “siyosiy maydon” beradi, deydi ekspertlar. Islohotlar tufayli sohaga subsidiyalarni deyarli yarmiga qisqartirish, 2027-yilgacha esa ulardan voz kechish rejalashtirilgan.

Rasmiylar islohotni reja asosida amalga oshirish niyatida ekani inflyatsiyani maqsadli 5%ga yetkazish muddatining 2025-yilning ikkinchi yarmiga ko‘chirilishidan dalolat beradi.

Biroq, uning yanada qisqarishi budjet konsolidatsiyasiga bog‘liq, bunga erishish mumkinligi tahlilchilar shubhali.

Ijtimoiy xarajatlarning o‘sishi bilan bir qatorda subsidiyalar ko‘paymoqda — xususan, ipoteka va kichik biznes uchun kreditlar. Yil oxirida agentlik budjet taqchilligi yalpi ichki mahsulotga nisbatan 5,5%ni tashkil etishini, 2024-yilda esa 4,3%gacha pasayishini kutmoqda.