“Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat tamoyillarini keng joriy etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi prezident farmoni qabul qilindi.
Hujjat bilan Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari bo‘yicha milliy komissiya etib qayta tashkil qilindi.
Milliy komissiya quyidagi kichik komissiyadan iborat bo‘ladi:
- ichki ishlar vaziri — Milliy komissiya raisining o‘rinbosari rahbarlik qiladigan Odam savdosiga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha;
- kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri — Milliy komissiya raisining o‘rinbosari rahbarlik qiladigan Munosib mehnat masalalari bo‘yicha.
Farmon bilan Milliy komissiyaning asosiy vazifalari belgilandi.
Milliy komissiya mamlakat ijro etuvchi hokimiyat, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlarning odam savdosiga qarshi kurashish, undan jabrlanganlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda munosib mehnat tamoyillarini yaratadi.
Shuningdek, xalqaro mehnat standartlarini keng joriy etish va fuqarolarning mehnat huquqlarini himoya qilish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar (shaharlar) hokimlari zimmasiga Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari bo‘yicha hududiy komissiyalarga rahbarlik qilish vazifasi yuklandi.
Farmonga ko‘ra, Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish bo‘yicha milliy ma’ruzachi instituti negizida Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari bo‘yicha milliy ma’ruzachi instituti ta’sis etildi.
Avvalroq ijtimoiy xarajatlarni qoplash tartibi tasdiqlangandi. Pensiya jamg‘armasi ish beruvchilarga nogironligi bo‘lgan bolalarning ota-onalari uchun to‘lovlarni qoplaydi.