Joriy yilning 5-yanvaridan boshlab Toshkent — Angren — Toshkent yo‘nalishdagi poyezdlar vaqtinchalik harakatlanmaydi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” matbuot xizmati xabar berdi.

6408/6409-sonli “Toshkent — Angren — Toshkent” yo‘nalishidagi poyezdlar 5-yanvardan temir yo‘l uchastkasini modernizatsiya qilish maqsadida vaqtinchalik amalga oshirilmaydi.

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” 2023-yilning 4-dekabridan boshlab 2024-yil 4-yanvarigacha harakat tarkibini modernizatsiya qilish maqsadida Toshkent — Angren — Toshkent yo‘nalishdagi poyezdlar harakat tarkibini modernizatsiya qilish maqsadida vaqtinchalik amalga oshirilmasligin ma’lum qilgandi.

8-noyabrdan boshlab Toshkent — Xojikent — Toshkent yo‘nalishdagi elektropoyezdlar harakati noma’lum muddatga to‘xtatilgandi.

Bu harakat tarkibini modernizatsiya qilish bilan izohlanib, 6435/6436-sonli hamda 6441/6442-sonli Toshkent-Xojikent-Toshkent shaharlararo yo‘lovchi poyezdlar vaqtinchalik harakatlanmasligi ma’lum qilingandi.

23-noyabrdan 6437/6440-sonli Toshkent — Xojikent — Toshkent yo‘nalishidagi elektropoyezd harakati qayta tiklandi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati xabar berdi.