“OpenAI” kompaniyasi agar mualliflik huquqi bilan himoyalangan asarlardan foydalanish taqiqlangan bo‘lsa, “ChatGPT” kabi xizmatlarni yaratish mumkin emasligini aytdi. Bu haqda “Inc” nashri xabar berdi.

O‘z qiymatini $100 mlrdga oshirishi mumkin bo‘lgan sarmoya bo‘yicha muzokaralar olib borayotgan kompaniya, “ChatGPT"ni o‘rgatish uchun ularning mazmunidan noqonuniy foydalangani ayblovlari tufayli kitob nashriyotlari va “The New York Times” bilan sud jarayoniga tayyorlanmoqda.

Lordlar palatasining aloqa va raqamli qo‘mitasiga taqdim etilgan dalillarda “OpenAI” shunday dedi:

“Mualliflik huquqi bugungi kunda deyarli har qanday ifodani, jumladan, blog postlari, fotosuratlar, forum postlari, dasturiy kod qismlari va hukumat hujjatlarini qamrab olganligi sababli, mualliflik huquqi bilan himoyalangan materiallardan foydalanmasdan sun’iy intellekt modellarini o‘rgatish mumkin emas. Bir asrdan ko‘proq vaqt oldin yaratilgan bepul kitoblar va chizmalar bilan o‘quv ma’lumotlarini cheklash qiziqarli tajriba bo‘lishi mumkin, ammo zamonaviy vazifalarga javob beradigan sun’iy intellektni yaratishdan saqlaydi”

“OpenAI”, shuningdek, o‘z modellarini o‘rgatishda qonunga rioya qilishini ta’kidladi va mualliflik huquqi qonuni sun’iy intellektni o‘qitishni taqiqlamaydi, deb hisoblaydi.

Biroq, “OpenAI” va uning raqobatchilari intellektual mulkdan noqonuniy ravishda tekin foydalanganlikda ayblanmoqda.

O‘tgan oy “The New York Times” kompaniyani nashrning mualliflik huquqining buzilishi, tijorat ekspluatatsiyasi va intellektual mulkni noqonuniy o‘zlashtirishdan foyda ko‘rayotganini da’vo qilib sudga berdi.

Gazeta “OpenAI"dan o‘z nashrlaridan foydalangan holda o‘qitilgan barcha tizimlarni yo‘q qilishni talab qildi. Va bir qator yozuvchilar, shu jumladan Jon Grisham va Jorj R. R. Martin, “ChatGPT"ni o‘qitish uchun kitoblaridan foydalanganliklari uchun kompaniyani sudga berishdi.