O‘tgan yil oxirida Qozog‘iston O‘zbekistonga ko‘mir yetkazib berish hajmini deyarli ikki barobarga oshirdi. Bu haqda “Qozog‘iston temir yo‘llari” matbuot xizmati ma’lum qildi.

2023-yilda Qozog‘istondan O‘zbekistonga temir yo‘l orqali yuk eksporti hajmi 29%ga oshib, 10 mln tonnani tashkil etdi. Asosiy eksport mahsuloti don bo‘lib, uning yetkazib berish hajmi 3,5 mln tonnani tashkil etdi.

Qozog‘iston ko‘mirining O‘zbekiston bozoriga eksporti yil davomida 82,3%ga yoki 1,4 mln tonnaga oshib, 3 mln tonnani tashkil etdi.

Shuningdek, temir yo‘l orqali neft mahsulotlari, qora metallar, kimyoviy moddalar va mineral o‘g‘itlar yetkazib berish amalga oshirildi.

O‘tgan yilning iyun oyi boshida Qozog‘iston sanoat va infratuzilmani rivojlantirish vaziri o‘rinbosari Iran Sharxan O‘zbekistonga ko‘mir yoqilg‘isi eksportini bosqichma-bosqich 25 barobardan ko‘proq, ya’ni 12,8 mln tonnagacha oshirish rejalarini ma’lum qildi.

2023-yilning dastlabki to‘rt oyida Qozog‘istondan O‘zbekistonga ko‘mir yetkazib berish qariyb uch barobarga oshib, 255,3 ming tonnani tashkil etdi.

Iyul oyida Qozog‘iston hukumati O‘zbekistonga ko‘mir tashish tariflarini oshirish imkoniyatini ko‘rib chiqdi. Xususan, bu eksport qilinadigan Qozog‘iston ko‘miri narxining oshishiga olib kelishi mumkin.