“Google"ning “Chrome” matnni o‘qib berish funksiyasiga ega bo‘ldi. Bu haqda “hi-tech.mail” nashri xabar berdi.

Qayd etilishcha, u deyarli har qanday veb-saytda ishlaydi va rus tilini qo‘llab-quvvatlaydi.

Hozircha funksiya faqat Android uchun brauzerning mobil versiyasida mavjud.

Funksiyadan foydalanish uchun yuqori o‘ng burchakdagi uchta nuqtani bosish va ushbu sahifadagi “Ovoz” funksiyasini tanlash kerak.

chrome, google

Foydalanuvchi ijro tezligini o‘zgartirishi, yozishni to‘xtatib turishi, orqaga aylantirishi va ovozni erkakdan ayolga va aksincha o‘zgartira oladi.

Ta’kidlanishicha, funksiya bilan podkastlar kabi yangiliklar va maqolalarni tinglash mumkin.

Mazkur funksiya kelajakda ko‘proq qurilmalarda, jumladan, iPhone’larda ham paydo bo‘lishi mumkin.