“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi barcha mahalliy va xalqaro yo‘nalishlarga chegirma e’lon qildi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Chegirmalar faqat 28-yanvar kuni taqdim etilib, aviakompaniya tashkil etilganining 32 yilligi munosabati bilan amalga oshirilmoqda.

Aviachiptalarni barcha ekonom va biznes-klass tariflari uchun 30% arzonlashtirilgan narxlarda xarid qilish mumkin.

Chegirmali aviachiptalarni aviakompaniya sayti yoki ilovasi orqali, aviakompaniya agentlaridan va “Uzbekistan Airways Sales” filialidan xarid qilish mumkin.