“Apple” ilovalarni uchinchi tomon do‘konlaridan yuklab olishga ruxsat beradi, deya xabar bermoqda “3DNews” nashri.

Qayd etilishicha, keyingi yangilanishda funksiya Yevropa Ittifoqi foydalanuvchilariga taqdim etiladi.

Mart oyida iOS 17.4 chiqarilishi bilan o‘zgarishlar yuz beradi va faqat Yevropa Ittifoqi foydalanuvchilariga ta’sir qiladi. Boshqa mintaqalarda hamma narsa avvalgidek qoladi.

Chunki Yevropada “Raqamli bozorlar to‘g‘risidagi qonun” (DMA) kuchga kiradi. Bu texnologiya gigantlarining monopolligiga qarshi kurashishga qaratilgan.

“Apple” “App Store” ishga tushirilgandan beri amalda bo‘lgan siyosatni o‘zgartirishga majbur.

Foydalanuvchilar internetdan uchinchi tomon ilovalari do‘konlarini o‘rnatishlari va u yerdan “Apple” kompaniyasining o‘z bozorida bo‘lmagan dasturlarni yuklab olishlari mumkin bo‘ladi.

iPhone’da foydalanish uchun ushbu xizmatlar “Apple” tomonidan tasdiqlash jarayonidan o‘tishi kerak.

Bunday holda, faqat tasdiqlangan saytlarni o‘rnatish mumkin. Kompaniya, shuningdek, ilovalar sifatini o‘zlari nazorat qilishni va’da qilmoqda.

Ishlab chiquvchilar, o‘z navbatida, ilova ichidagi xaridlar uchun “Apple” to‘lov xizmatlaridan foydalanishni yoki “Apple” uchun qo‘shimcha to‘lovlarsiz uchinchi tomon to‘lov tizimini integratsiyalashni tanlashi mumkin bo‘ladi.

Agar ishlab chiquvchi “Apple” ilovalarida mavjud to‘lov tizimidan foydalanmoqchi bo‘lsa, u 3% miqdorida qo‘shimcha komissiya to‘laydi.


Avvalroq “Spot” “X” ijtimoiy tarmog‘i iPhone egalariga akkauntlariga parolsiz kirish imkonini bergani haqida yozgandi.

Bunda akkauntga parolsiz autentifikatsiya tizimi (passkey) tufayli barmoq izi, yuzni skanerlash yoki PIN-kod yordamida tizimga kirish mumkin.