“Qanot Sharq” aviakompaniyasi Toshkent va Madina shaharlari o‘rtasida aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

18-fevraldan aviakompaniya Toshkent-Madina-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri parvozlarni boshladi.

Aviaqatnov Airbus A330CEO samolyotida haftasiga uch marta — dushanba, seshanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.

Qayd etilishicha, reyslar Shavkat Mirziyoyevning ziyorat turizmini rivojlantirish tashabbusini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilmoqda.

“Qanot Sharq” Jiddaga parvozlarni Toshkent, Namangan, Farg‘ona va Samarqand, shuningdek, fevral oyi boshidan boshlab Buxoro shaharlaridan amalga oshiradi.

Avvalroq “Uzbekistan Airways Express” loukoster aviakompaniyasi Farg‘ona-Sochi yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘yishi haqida xabar berilgandi.