AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp o‘zining oltin krossovkalar brendini ishga tushirdi. Bu haqda “RIA Novosti” nashri xabar berdi.

“Never Surrender” krossovkalari cheklangan miqdorda chiqarildi. Har biri o‘ziga xos raqamga ega bo‘lgan atigi ming juftlik chiqarilgan va tasodifiy tanlab olingan o‘nta krossovkada Trampning dastxati bor.

Bir juft krossovkalarning narxi $399ni tashkil qilib, oyoq kiyimida Amerika bayrog‘i tasviri va lotincha “T” harfi aks etgan.

donald tramp, brend, krossovka

Sotuvlar 2024-yil iyul oyida boshlanadi. Oldindan buyurtma berish mumkin bo‘lgan barcha krossovkalar allaqachon sotilgan.

17-fevral kuni Donald Tramp firibgarlik ishi bo‘yicha $355 mln jarimaga tortildi. Nyu-York sudi siyosatchi va uning o‘g‘illarini moliyaviy hisobotlarni soxtalashtirishda aybdor deb topdi.

Prokurorning ta’kidlashicha, bu Tramp tashkilotiga yillar davomida yaxshiroq kredit olish imkonini bergan.

Shuningdek, Trampga Nyu-Yorkda ro‘yxatdan o‘tgan har qanday korporatsiyada rahbarlik lavozimlarini egallashi uch yilga taqiqlangan.

AQSh sobiq prezidentining o‘g‘illarining har biri $4 mlndan jarimaga tortildi. Sud ularni ko‘plab firibgarlik holatlari uchun javobgar deb topdi.