Niderlandiyaning"Monumental" startapi g‘isht devorlarini qurish jarayonini avtomatlashtira oladigan avtonom robot ishlab chiqdi.

Ushbu yechim monoton va ba’zan xavfli vazifalarni bajarishga imkon beradi, xavflarni kamaytiradi va loyiha samaradorligini oshiradi. Bu haqda “Techcrunch” nashri xabar berdi.

Amsterdamda joylashgan “Monumental” esa an’anaviy usullardan foydalanishga ixtisoslashgan.

2021-yilda tashkil etilganidan beri “Monumental” Niderlandiyada cheklangan tajriba loyihalarini, jumladan, 15 metrlik ofis binosi jabhasini qurishni amalga oshirdi.

Shundan so‘ng kompaniya 25 ta pudratchi, jumladan, arzon uy-joy dasturi bilan hamkorlik qildi.

Kompaniya taqdim etgan videoda avtomatlashtirilgan arava og‘ir yuklarni qanday tashishi ko‘rsatilgan.

Ayrim robotlar ohak surtadi va g‘isht qo‘yadi. Kichik kranlar va sun’iy intellekt dasturiy ta’minotidan birgalikda foydalanish ularni qiyin vaziyatlarda, jumladan, qattiq burchaklar va eshik teshiklarida moslashuvchan qiladi.


Bozorga chiqishi munosabati bilan “Monumental” kompaniyasi $25 mlnlik katta moliyalashtirish turini e’lon qildi

Olingan mablag‘lar xodimlarni yollash, ishlab chiqarishni kengaytirish, shuningdek, kompaniya robotlari foydalanadigan materiallarni qayta ishlash usullarini ishlab chiqishga yo‘naltiriladi.


Avvalroq “Spot” “BMW” AQShdagi zavodida odamsimon robotlarni ishga yollagani haqida yozgandi.

Ayni paytda robotlar zavod faoliyatiga integratsiyalashishga o‘rgatilmoqda. Ular katta ehtimol bilan, kuzov sexida ishlaydi.