“Toshshahartransxizmat” matbuot xizmati “Navro‘z” bayrami kunlari Toshkent shahrida avtobuslar harakati qanday tashkil etilishi haqida ma’lumot berdi.

Xususan, korxona avtobus saroylariga biriktirilgan avtobus yo‘nalishlarining faoliyati quyidagi tartibda tashkil etiladi:

  • 21-mart, payshanba — “Navro‘z” bayrami, dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;
  • 22-mart, juma — dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;
  • 23-mart, shanba — dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;
  • 24-mart, yakshanba — dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida.

Shuningdek, poytaxt hokimligi Toshkentdagi qaysi bozorlar hududida arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari tashkil etilgani haqida xabar berdi.

Navro‘z bayrami arafasida poytaxtdagi jami 12ta dehqon bozorlarida mahsulotlarni arzonlashtirilgan narxlarda xarid qilish mumkin. Batafsil ro‘yxat bu yerda.

Avvalroq Toshkentda 3-sonli avtobus yo‘nalishiga o‘zgartirish kiritilgandi. 16-martdan 3-sonli “O‘nqo‘rg‘on qo‘rg‘oni — Navro‘z bozori” avtobus yo‘nalishining harakati O‘nqo‘rg‘on qo‘rg‘oni bekatidan Usta Boboyev, Guliston, Chimkent yo‘li, Amir Temur ko‘chalari orqali Yunusobod dehqon bozori bekatigacha uzaytirildi.