“WhatsApp” messenjerida video statuslarning davomiyligi o‘zgaradi. Bu haqda “WABetaInfo” xabar berdi.

Qayd etilishicha, ishlab chiquvchilar vaqt chegarasini 30 soniyadan 1 daqiqagacha oshiradi.

Yangi funksiya foydalanuvchilarning video holatini uzoqroq qilish bo‘yicha so‘rovlariga javobdir.

“WhatsApp"ning Android versiyasida 2.24.7.6 raqami ostida yangi funksiya paydo bo‘ldi. Funksiya barcha foydalanuvchilarga qachon taqdim etilishi hozircha noma’lum.

Sharhlovchilarning ogohlantirishicha, yangi funksiya kuchga kirishi uchun “WhatsApp” yangi versiyasiga yangilanishi kerak bo‘lishi mumkin.

Avvalroq “WhatsApp” messenjeri status xizmatini yangilashi haqida xabar berilgandi.

Qayd etilishicha, endi statuslar barcha kontakt holatlari chatlar tepasiga biriktirilgan bitta yangilanishlar yorlig‘ida to‘planadi.

Hozirda yangi funksiya sinovdan o‘tkazilmoqda, uning qachon barcha foydalanuvchilarga taqdim etilishi noma’lum.


Avvalroq “Spot” “WhatsApp” boshqa messenjerlardan xabarlarni qabul qilishi funksiyasini qo‘shmoqchi ekanligi haqida yozgandi.

Messenjer texnik direktori bunday imkoniyat boshqa messenjerlar xavfsizlik standartlariga javob bergandagina amalga oshishini aytdi.