Toshkentning uchta tumanidagi ayrim hududlarda tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

27-mart kuni ta’mirlash ishlari sabab soat 10:00dan 18:00gacha Chilonzor, Uchtepa va Mirzo Ulug‘bek tumanlarining belgilangan hududlariga tabiiy gaz yetkazib berilmaydi.

Bunda, quyida hududlar keltirilgan:

Chilonzor tumanida:

  • “Zarqo‘rg‘on” va “Fidokor” mahallalari;
  • “Navbahor” va “Katta Navbahor” mahallalari, S-mavze;
  • “Ko‘tarma” mahallasi;
  • “Naqoshlik” mahallasi;
  • “Botirma” mahallasi;
  • “Lutfiy” mahallasi;
  • “1-Qatortol” mahallasi;
  • “Nafosat” mahallasi;
  • “Diyor” mahallasi;
  • “Qatortol” mahallasi;
  • “Cho‘pon ota” mahallasi;
  • “Bog‘zor” mahallasi;
  • “Oqtepa” mahallasi;
  • Ulgurji iste’molchilar — 68 ta.

Uchtepa tumanida:

  • “Tepa Qo‘rg‘on” mahallasi;
  • “Qo‘rg‘on tepa” mahallasi;
  • “Ko‘hna Cho‘ponota” mahallasi;
  • “Bog‘obod” mahallasi;
  • “Bog‘iston” mahallasi
  • “Birlik” mahallasi;
  • “Nayman” mahallasi;
  • “Guzar” mahallasi;
  • Uchtepa tuman 11−12−13−14−15−26-mavzelar;
  • Ulgurji iste’molchilar -76 ta.

Mirzo Ulug‘bek tumanida:

  • “Ne'mat” berk ko‘chasidagi 74 ta yerli xonadonlar;
  • Ulgurji iste’molchilar — 3 ta.