Transport vazirligi dam olish kunlari Toshkent shahrida jamoat transportlari qanday harakatlanishini ma’lum qildi.

Bayram kunlari “Toshshahartransxizmat” avtobus saroylariga biriktirilgan avtobus yo‘nalishlarining faoliyati quyidagi tartibda tashkil etiladi:

  • 2024-yil 10-aprel, chorshanba — Ramazon hayiti kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida. Yo‘nalishlarda ish boshlash vaqti soat 04:00dan;
  • 2024-yil 11-aprel payshanba — qo‘shimcha dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;
  • 2024-yil 12-aprel, juma — qo‘shimcha dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;
  • 2024-yil 13-aprel, shanba — ish kuni. Ish kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;
  • 2024-yil 14-aprel, yakshanba — dam olish kuni. Yakshanba uchun tasdiqlangan jadvallar asosida.

Avvalroq Toshkent metropoliteni bayram kunlari poyezdlar qanday harakatlanishi to‘g‘risida ma’lumot bergandi.

Ramazon hayiti ayyomi kunida metro poyezdlari harakati odatdagidan 1 soat oldin, ya’ni soat 04:00dan yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishni boshlaydi.

Shuningdek, qo‘shimcha dam olish kunlarida — 11,12,14-aprelda metro poyezdlari yakshanba kuni uchun tasdiqlangan jadvalda harakatlanadi. 13-aprelda esa, odatiy ish kunlari uchun belgilangan grafik asosida soat 05:00dan harakatlanishini boshlaydi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi mamlakatda joriy yilda Ramazon hayiti 10-aprel, chorshanba kuniga to‘g‘ri kelishi haqida qaror qabul qildi.