2024-yilning yanvar-mart oylarida “Apple” smartfonlari savdosi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 9,6%ga kamaydi, deya xabar berdi “International Data Corporation” tadqiqot kompaniyasi.

Ushbu davrda 50,1 mln iPhone sotilgan (2023 yilning birinchi choragida 55,4 mln), kompaniyaning bozordagi ulushi 17,3% ni tashkil etdi.

“Apple"ning ko‘rsatkichi “Bloomberg"ning kompaniya o‘rtacha 51,7 mln smartfon yetkazib berishini bildirgan prognozidan ham yomonroq bo‘ldi.

Kompaniyaning faoliyati Xitoyda sotuvlar pasayishi tufayli yomonlashdi (Counterpoint Research tahlilchilarining fikriga ko‘ra, sotuv yil boshida 24%ga pasaygan).

2023-yilda bu mamlakat rasmiylari milliy xavfsizlik sabablarini ko‘rsatib, ayrim davlat xizmatchilariga ish joyida iPhone va boshqa xorijiy qurilmalardan foydalanishni taqiqlagan edi.

“Apple” eng yirik smartfon ishlab chiqaruvchilari reytingida “Samsung"ga yana birinchi o‘rinni boy berdi.

Janubiy Koreya kompaniyasining sotuvi 60,1 mln dona qurilmani tashkil etib, 0,7%ga, bozor ulushi 20,8%ga pasaydi.

2023-yil oxirida “Apple” “Samsung” kompaniyasini ortda qoldirgandi. Savdo hajmi mos ravishda 234,6 mln va 226,6 mn telefonni tashkil etdi.

Joriy yilning birinchi choragida uchinchi o‘rinni “Xiaomi” egalladi, u 40,8 million dona smartfon yetkazib berdi va bozorning 14,1%ini egalladi.

Beshlikka Xitoyning “Transsion” (28,5 mln smartfon, 9,9%) va “Oppo” (25,2 mln, 8,7%) ham kirdi. “Transsion” sotuvi 85%gw, “Xiaomi” esa 33,8%ga oshdi.