Rossiyalik foydalanuvchilar “Windows” va “Office” yangilanishlarini VPN’dan foydalanmasdan yana foydalanishi mumkin. Bu haqda “Izvestiya"ga “Russoft” uyushmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, oldin bunday mahsulotlarni rus IP-manzillari bo‘lgan kompyuterlarga rasmiy ravishda yuklab olish mumkin emas edi.

“RBC” muxbiri eng so‘nggi “Windows 11” yangilanishi (23H2) kompyuterga cheklovlarsiz yuklab olinganiga ishonch hosil qildi.

Buni amalga oshirish uchun “ishga tushirish” tugmasi orqali sozlamalarga o‘tish va “Windows Update"ni topish va keyin o‘rnatish tugmasini bosish kerak.

Yoki rasmiy veb-saytdagi yuklab olish markazidan yuklab olish imkoniyati mavjud.

Rossiyalik “Windows” foydalanuvchilari 2022-yilda yangilanishlarni yuklab olishda muammolarga duch kelishdi, buning uchun VPN xizmatlariga murojaat qilishlari kerak edi.

“Kompaniya o‘z bayonotlarida boshqacha da’vo qilsa ham, shaxsiy suhbatlarda ular o‘zlarining dasturiy ta’minotini to‘liq qo‘llab-quvvatlashni kafolatladilar”, dedi “Russoft” assotsiatsiyasi prezidenti Valentin Makarov.


Avvalroq “Spot” “Microsoft” 20-martdan Rossiya kompaniyalarining bulutli xizmatlarga kirishini yopishi haqida yozgandi.

Shuningdek, mamlakatda Amazon va Google bulutli xizmatlarining ishlashida ham cheklovlar bo‘lishi mumkin.