Ijtimoiy tarmoqlarda soliq idoralari xodimlari tomonidan tekshiruvlar o‘tkazish, belgilangan onlayn-kassa mashinasidan foydalanishni talab qilish holatlari bo‘yicha tadbirkorlar shikoyatlari e’lon qilindi.

Soliq qo‘mitasi Onlayn-NKTni tanlash tadbirkorlarning o‘z ixtiyorida ekanligini qayd etdi.

Naqd pul tushumiga ega bo‘lgan barcha tadbirkorlar onlayn-NKM yoki virtual kassalardan foydalanishi shart. Faqat davlat reyestriga kiritilgan onlayn-NKM va virtual kassalardan foydalanishga ruxsat etiladi.

Shuningdek, quyidagilar mavjud bo‘lmagan onlayn-NKM va virtual kassalardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi:

  • davlat reyestriga kiritilmagan;
  • kassa cheklarida mahsulotlar yagona elektron milliy katalogi identifikatsiyalash kodlari aks ettirilmaydigan;
  • shtrix-kodlar va raqamli markirovka belgilarini erkin o‘qish hamda aniqlash qurilmalarini ulash imkoniyatiga ega bo‘lmagan.

Soliq qo‘mitasi saytida quyidagi reyestrlar bilan tanishish mumkin:

Tadbirkorlar davlat reyestriga kiritilgan onlayn-NKM yoki virtual kassalarning narxi, qulayligi, funksionalligi va boshqa jihatlaridan kelib chiqib, erkin tanlash huquqiga ega ekanligini qayd etdi qo‘mita.

Shuningdek, soliq xizmati xodimlari tomonidan ma’lum bir onlayn-NKTdan majburan foydalanishga undash holatlari kuzatilsa, bu haqda @dsq_anticorrupciya_bot orqali xabar berish so‘ralmoqda.

Avvalroq “Uzcard” va “Humo” to‘lov tizimlarining terminallari sinov tarzida integratsiya qilingandi. “ERA” dasturiy ta‘minotli “Uzcard” onlayn kassalari “Humo” kartalarini qabul qilishni boshladi.