“SpaceX kompaniyasi “Starlink” sun’iy yo‘ldoshlari orqali mobil aloqa texnologiyasi sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda kompaniya “X” ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.

Tajriba Vashington shtatining Redmond shahrida bo‘lib o‘tdi. Bir-biriga yaqin joylashgan “SpaceX” kompaniyasining ikki xodimi texnologiyani namoyish qilish uchun videoqo‘ng‘iroq qilishdi.

“Birinchi videoqo‘ng‘iroq „Starlink Direct to Cell“ sun’iy yo‘ldoshlari orqali o‘zgartirilmagan smartfonlar yordamida amalga oshirildi”, dedi kompaniya.

Ma’lumot uzatish tezligi 17 Mbit/sga yetadi, dedi “SpaceX” sun’iy yo‘ldosh muhandisligi bo‘yicha katta direktori Ben Longmayer.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yangi texnologiya an’anaviy tarmoqlar ishlamagan joylarda mobil tarmoqlarga kirish imkoniyatlarini ochib beradi.

Birinchi oltita “Direct to Cell” sun’iy yo‘ldoshlari “SpaceX” 2-yanvarda orbitaga chiqargan 21ta partiyaning bir qismi edi.

Bir oy oldin kompaniya AQSh Federal aloqa komissiyasidan “T-Mobile” uyali aloqa operatori bilan olti oylik tarmoq sinovini o‘tkazish uchun ruxsat oldi.

Mart oyida Ilon Mask kompaniyasi sun’iy yo‘ldosh orqali uyali aloqani muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazgani haqida xabar berdi.

Yil oxirigacha “SpaceX” orbitaga 800 dan ortiq ixtisoslashtirilgan transport vositalarini chiqarishni rejalashtirmoqda.


Avvalroq “Spot” “SpaceX” kosmosga sayohat qilish uchun joylarni bron qilishni boshlagani haqida yozgandi.

Biroq, hozircha faqat ikki yo‘nalishda, 2024-yil oxirida Yer orbitasiga, 2025-yilda esa Xalqaro kosmik stansiyaga uchish mumkin.