“YTO Cargo Airlines” yuk aviakompaniyasi Toshkentga reyslarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Uzbekistan Airports” matbout xizmati xabar bermoqda.

3-iyun kuni aviakompaniya vakillari “Uzbekistan Airports” rahbariyati bilan muzokaralar olib bordi.

Yuk tashuvchining Toshkent xalqaro aeroportiga birinchi parvozi joriy yilning 6-iyun kuni amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Aviareys Xitoyning “Comac” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan yangi turdagi ARJ21−700 samolyotida olib boriladi.

“YTO Cargo Airlines” Xitoyning yuk tashuvchi aviakompaniyasi bo‘lib, bosh qarorgohi Xanchjouda joylashgan.

Fransiyaning “CMA CGM Air Cargo” kompaniyasi “Navoiy” xalqaro aeroporti orqali Xitoyga parvozlarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda.

Avvalroq O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi aviaqatnovlar soni oshirilishi haqida xabar berilgandi. Tomonlar ikki mamlakat sayyohlari uchun qulaylik yaratish maqsadida parvozlarni 50tagacha oshirishga kelishdi.