iOS18'ning beshinchi beta-versiyasida yana bir yangi funksiya topildi. Bu haqda “9to5mac” nashri xabar berdi.

Endi foydalanuvchi iPhone’da musiqa avtomatik ravishda to‘xtamasdan video suratga olishi mumkin.

2009-yilda iPhone 3GS taqdim etilganidan beri “Apple” smartfonlari video yozish boshlanganda musiqani avtomatik ravishda to‘xtatib qo‘ydi.

10 yildan keyin “Apple” yangilangan kamera ilova interfeysi bilan iPhone 11 liniyasini chiqardi.

O‘shandan beri foydalanuvchilar bir vaqtning o‘zida bitta hiyla bilan musiqa tinglashlari va video yozishlari mumkin edi — musiqa yoqilgan holda “fotosuratlar” rejimiga o‘tish, video suratga olishni boshlash uchun qulf tugmasini bosib ushlab turish va video suratga olish rejimini qulflash uchun qizil slayderni o‘ngga surish kerak edi. Bunday holda, musiqa to‘xtamas edi.

Bu endi o‘tmishda qoldi. IPhone’ni iOS 18'ga yangilagandan so‘ng, foydalanuvchi treklar bilan videolar yaratishi mumkin bo‘ladi.

Bu xususiyat AirPods bilan ham ishlaydi. Ilgari smartfonda video yozib olinayotganda quloqchinlar ham qo‘shiq eshitilishi to‘xtagan.

Biroq, bunday yangilik bilan musiqiy videolarni suratga olishning iloji bo‘lmaydi, chunki suratga olingan videodagi musiqa ovozi yaxshi sifatga ega bo‘lmaydi, chunki u iPhone dinamiklari orqali ijro etilgan. Video tahrirlash dasturlarida treklarni qo‘shish kerak bo‘ladi.


Avvalroq “Spot” iPhone’da veb-saytlardagi reklamalarni o‘chirish funksiyasi qo‘shilishi haqida yozgandi.

Funksiya veb-sahifalardan reklama bannerlari, qalqib chiquvchi oynalar, cookie-fayllarni yig‘ishga rozilik beruvchi yorliqlarni olib tashlash imkonini beradi.