Paynet — turli xil xizmatlarni taqdim etadigan O‘zbekistondagi yetakchi moliyaviy-texnologik kompaniyalardan biri. Paynet platformasi 19 yildan buyon foydalanuvchilarga to‘lovlar, pul o‘tkazmalarini qulay va xavfsiz amalga oshirish, shuningdek, mobil ilova va faol nuqtalarning keng tarmog‘i orqali turli moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkonini berib kelmoqda.

Innovatsion yechimlar tufayli Paynet millionlab foydalanuvchilar ishonchini qozondi va O‘zbekistonning moliyaviy texnologiyalari bozorida o‘zining mavjudligini tobora kengaytirishda davom etmoqda.

paynet, reklama

To‘lov va o‘tkazmalarning o‘sishi

2024-yilning dastlabki 6 oyida Paynet platformasi orqali to‘lovlar hajmi 25,3 trln so‘mga yetdi, bu esa 2023-yilning xuddi shu davriga nisbatan 74%ga ko‘proq. Biroq, o‘tgan yilga nisbatan 499%ga oshib, 16,9 trln so‘mni tashkil etgan o‘tkazmalarning o‘sishi esa yanada ko‘zni quvontiradi.

Daromad va foydaning oshishi

Kompaniya daromadlari ham sezilarli darajada oshdi va 510 mlrd so‘mga yetdi, bu esa 2023-yilning birinchi yarmiga nisbatan 54%ga ko‘p degani. Shu bilan birga, foyda 83%ga oshib, 137 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Mobil ilova foydalanuvchilari va yuklab olish sonining o‘sishi

Har oy to‘lov qiladigan foydalanuvchilarining o‘rtacha soni 18,5 mlnga yetdi, bu o‘tgan yilga nisbatan 28%ga ko‘p. Mobil ilova (MI)ni yuklash soni 63%ga oshib, 6 mlnni tashkil qilmoqda. MAU faol foydalanuvchilari soni 1,8 mlnga yetdi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 200%ga ko‘p hisoblanadi.

Faol nuqtalar sonining ko‘payishi

Paynet xizmatlarini taqdim etuvchi faol nuqtalar soni 24 mingtaga yetdi. Bu kompaniya infratuzilmasining kengayishi va uning xizmatlari keng auditoriya uchun ko‘payib borayotganini isbotlaydigan muhim ko‘rsatkichdir.

2024-yilning birinchi yarmida Paynet kompaniyasining barcha asosiy ko‘rsatkichlarining sezilarli o‘sishi kompaniyaning muvaffaqiyatli rivojlanishi va foydalanuvchilarning qoniqish darajasi yuqoriligini taʼkidlamoqda. Ushbu natijalar Paynetning moliyaviy xizmatlar bozoridagi mavqeyini yanada mustahkamlash va kompaniyaning rivojlanish strategiyasi to‘g‘ri ekanligini tasdiqlash yo‘lidagi muhim qadamdir.

Yangi xizmat va aksiyalar

Paynet hisobot davri davomida qator yangi xizmatlarni qo‘shdi, ulardan:

  • Paynet-kartani barcha bankda chiqarilgan Visa va Mastercard kartalari orqali to‘ldirish.
  • “Kapitalbank” tomonidan chiqarilgan Visa va Mastercard kartalarini har qanday agentlik taqmog‘ida so‘m valyutasida to‘ldirish.
  • 1 000 000 so‘mgacha bo‘lgan pul mablag‘larini Paynet mobil ilovasi orqali, jismoniy kartaga ehtiyoj sezmagan holda, agentlik nuqtalarida komissiyasiz naqd pul yechib olish imkoni.

Paynet innovatsion yechimlarni joriy etishda, ko‘rsatilayotgan xizmatlar doirasini kengaytirish va xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilashda davom etmoqda. Bu esa kompaniyaga zamonaviy bozordagi qiyinchiliklarni muvaffaqiyatli bartaraf etish va kelajakka ishonch bilan qarash imkonini beradi.

Paynet mobil ilovasini quyidagi havola orqali yuklab olish mumkin.

Sayt: paynet.uz
Facebook: fb.com/paynetuz.uz
Instagram: @paynet.uz
Telegram: t.me/paynetuz_official

Reklama huquqlari asosida.