2024-yil 1-avgust holatiga — o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar 3,7 mln nafardan oshdi. Bu haqda Soliq qo‘mitasining matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 107,4% ga (1,9 mln nafarga) oshgan.

O‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar umumiy sonining 57%ini erkaklar, 43%ini ayollar tashkil qiladi.

o'zini o'zi band qilgan shaxslar

O‘sish ko‘rsatkichi eng yuqori sohalar:

  • maishiy xizmatlar — 167,4% (985,1 mingta);
  • ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish — 164,8% (220,3 mingta);
  • axborot-kommunikatsiya — 135,5% (56,9 mingta).

Hududlar kesimida eng ko‘p Samarqand viloyatida (452 ming) fuqaro o‘zini o‘zi band qilgan. Undan keyingi o‘rinlarda Qashqadaryo (385 ming) va Andijon viloyatlari (349,1 ming) turibdi.

Joriy yilda 278 863 fuqaro yengil avtotransportda yo‘lovchi tashish faoliyati bo‘yicha o‘zini o‘zi band qilgan.


Avvalroq “Spot” o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarga 100 mln so‘mgacha garovsiz kreditlar berilishi haqida yozgandi.

Mablag‘lar oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida ajratilib, issiqxonalar qurish va baliqchilik faoliyatini tashkil etish mumkin.