Andijon shahrida elektr tarmoqlariga noqonuniy ulangan choyxona va “Paynet” shoxobchasi aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament matbuot xizmati xabar berdi.

Departamentning Andijon shahar bo‘limi, “O‘zenergoinspeksiya” viloyat boshqarmasi va shahar elektr ta’minoti bo‘limi xodimlari hamkorligida tadbirlar o‘tkazilgan.

Unda “I.i.” MCHJ mas’ul shaxslari, fuqaro O.T. va boshqalar o‘zaro til biriktirib, “Forobiy” MFY hududidagi “Sh.” nomli choyxonasidagi uskunalarni hamda Boburshoh ko‘chasidagi “Paynet” shoxobchasini umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga tijorat maqsadida o‘zboshimchalik bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib olgani aniqlandi.

Buning natijasida jami 288,8 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Avvalroq “Spot” ikkita hududda 428 mln so‘mdan ortiq elektr energiyasi talon-toroj qilingani haqida yozgandi.

Xususan, Toshkent va Namangan viloyatlarida fuqarolar elektr tarmoqlariga noqonuniy ulanib olganligi aniqlandi.