“Centrum Air” xususiy aviakompaniyasi O‘zbekistondan Shri-Lankaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishini ma’lum qildi.

Toshkent-Kolombo-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar 17 noyabrdan boshlab haftada bir marta — yakshanba kunlari amalga oshiriladi.

Parvozlar jadvali (mahalliy vaqt):

  • Toshkentdan jo‘nab ketish — 2:40, Kolomboga yetib kelish — 9:10;
  • Kolombo aeroportidan uchish — 10:30, Toshkentga yetib kelish — 15:40.

Bir tomonga chipta narxi 3,1 mln so‘mdan, borish-kelish uchun 7,4 mln so‘mdan boshlanadi.

Avgust oyi oxirida ““Centrum Air yangi “Airbus A321neo” samolyotini lizingga oldi. Havo kemasi qo‘shimcha yoqilg‘i baklari bilan jihozlangan bo‘lib, bu 7 ming km gacha bo‘lgan parvozlarni amalga oshirish imkonini beradi.

Avvalroq “Centrum Air” Toshkent va Guanjou o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yishi haqida xabar berilgandi.

Parvozlar 3-noyabrdan boshlanadi. Haftaning yakshanba kunlari borish, dushanba kunlari esa qaytish reyslari amalga oshiriladi.