Yangilandi: Toshkent vaqti bilan soat 10:20da bitta token taxminan $97,760ga baholangandi. Biroq, shundan so‘ng narx pasaydi va hozirda u $96,680ni tashkil etmoqda.
21-noyabr kuni bitkoin kursi birinchi marta $97 mingga yaqinlashdi.
“Coindesk” ma’lumotlariga ko‘ra, savdoning yuqori nuqtasida token $96,982dan sotilgan, keyinchalik uning narxi pasaydi.
Toshkent vaqti bilan soat 09:23 holatiga ko‘ra kriptovalyuta narxi $96,666ni tashkil qildi.
13-noyabr kuni bitkoin kursi birinchi marta $93 mingga yaqinlashdi.
“Coinmarketcap” ma’lumotlariga ko‘ra, savdoning yuqori nuqtasida token $92,829dan sotilgan, keyinchalik uning narxi pasaydi.
6-noyabr kuni bitkoin qisqa vaqt ichida birdaniga 8%ga qimmatlab, $75 mingga, 7-noyabrda — $76 mingga, 8-noyabrda esa $77 mingga yetdi.
10-noyabr kuni bitkoin kursi birinchi marta $80 mingdan oshdi.
“Binance” ma’lumotlariga ko‘ra, savdoning yuqori nuqtasida token $80,080dan sotilgan, keyinchalik uning narxi $79,657gacha pasaygan.
Prognozlarga ko‘ra, bitcoin narxi 2024-yil oxiriga kelib $160 mingga, 2025-yilning ikkinchi yarmida esa $350 mingga yetishi mumkin.