Toshkent shahrida uy-joy ijara narxlari pasayishda davom etmoqda. Bu haqda Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) tahlilida keltirilgan.

Olx.uz platformasidan olingan ochiq ma’lumotlar asosida o‘tkazilgan tahlilga ko‘ra, joriy yilning noyabr oyida poytaxtda o‘rtacha ta’mirlangan xonadonlar uchun o‘rtacha ijara narxlari oktabr oyiga nisbatan 1,3%ga pasaygan. To‘liq ta’mirlangan xonadonlar uchun esa narxlar deyarli o‘zgarishsiz qoldi.

Bu davrda o‘rtacha ta’mirlangan 1 xonali uylar uchun o‘rtacha ijara narxi nisbatan 0,9%ga, 2 xonalilar — 1,3%, 4 xonalilar uchun 3,9%ga tushdi. Biroq, 3 xonali xonadonlar uchun o‘rtacha ijara narxida biroz (0,8%ga) ko‘tarildi.

O‘rtacha ta’mirlangan xonadonlar uchun nisbatan arzon ijara narxlari quyidagi tumanlarda taklif etilgan:

  • Sergeli: 1 xonali — $298, 2 xonali — $360, 3 xonali — $404, 4 xonali — $411;
  • Olmazor: 1 xonali — $330, 2 xonali — $364, 3 xonali — $463, 4 xonali — $479.

Bu toifadagi eng qimmat ijara narxlari quyidagi tumanlarda kuzatildi:

  • Mirobod: 1 xonali — $378, 2 xonali — $516, 3 xonali — $680, 4 xonali — $865;
  • Yakkasaroy: 1 xonali — $367, 2 xonali — $488, 3 xonali — $668, 4 xonali — $743.

ijara, mhti, narxlar, toshkent shahri, uy-joy, uy-joy ijarasi

Noyabrda to‘liq ta’mirlangan 2 xonali ($559) va 3 xonali ($733) uy-joylarning ijara narxi deyarli o‘zgarishsiz qoldi. Bir xonali uylar uchun esa narxlar 0,6%ga oshdi. Talab darajasi nisbatan kam bo‘lgan 4 xonali uylarning ijara narxi o‘rtacha 0,9%ga pasaygan.

To‘liq ta’mirlangan uy-joylarning eng arzon ijara narxlari quyidagi ikkita tumanda qayd etildi:

  • Sergeli: 1 xonali — $331, 2 xonali — $410, 3 xonali — $509, 4 xonali — $587;
  • Uchtepa: 1 xonali — $353, 2 xonali — $450, 3 xonali — $554, 4 xonali — $688.

Eng qimmati esa quyidagi tumanlarda kuzatildi:

  • Mirobod: 1 xonali — $479, 2 xonali — $718, 3 xonali — $984, 4 xonali — $1 313;
  • Shayxontohur: 1 xonali — $520, 2 xonali — $730, 3 xonali — $1 032, 4 xonali — $1 258.

Avvalroq MHTI Toshkentda uy-joylarning investitsion daromadliligi pasayayotganini qayd etgandi. Ko‘rsatkich yil boshidagi 32,4%dan oktabrga kelib, 12,2%gacha tushdi. 1 va 2 xonali xonadonlarning investitsion jozibadorligi yuqori hisoblanadi.