Prezident qarori bilan Farrux Rustamov Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat (“O‘zkomnazorat”) inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Bungacha u 2024-yilning yanvar oyidan buyon “O‘zbektelekom” kompaniyasining “Uzmobile” uyali aloqa operatori filiali direktori lavozimida ishlagan.

O‘z navbatida “O‘zkomnazorat” inspeksiyasiga 2022-yilning 27-aprelidan buyon A’zam Abdushukurovich Abdullayev rahbarlik qilayotgandi.

Farrux Shoruxovich Rustamov “O‘zbektelekom” kompaniyasi “Toshkent shahar telefon tarmog‘i” filiali Markaziy telefon bog‘lamasi boshlig‘i, filiali direktori, shuningdek, “Toshkent shahar-Telekom” tarmoqlar ekspluatatsiya markazi direktori kabi lavozimlarda ishlagan.