3-fevral kuni oltin quymalar narxi yana rekord darajaga yetdi. Bu haqda Markaziy bank ma’lum qildi.
Bir gramm oltin 1 mln 197 ming 800 so‘mga baholanmoqda. 5 grammlik quyma 5 mln 989 ming so‘mdan sotilmoqda.
17-yanvardan Markaziy bank 100 gramm og‘irlikdagi o‘lchov quymalarini sotuvga chiqardi. Regulyatorning ta’kidlashicha, bu aholi uchun investitsiya imkoniyatlarini oshiradi.
Regulyator tomonidan oltin quymalari bo‘yicha taqdim qilingan ma’lumotga ko‘ra:
- 5 gramm o‘lchovli oltin quyma narxi 5 mln 989 ming so‘m;
- 10 gramm oltin quyma narxi 11 mln 978 ming som;
- 20 gramm oltin quyma narxi 23 mln 955 ming so‘m;
- 50 gramm oltin quyma narxi 59 mln 888 ming so‘m;
- 100 gramm oltin quyma narxi 119 mln 776 ming so‘mni tashkil qiladi.
31-yanvar oltinning birja kotirovkalari narxi yuqorilab, bir troya unsiyasi uchun $2800ga yaqinlashgandi.
Xabar nashr qilinayotgan vaqtda oltinning global narxi 1 troya unsiyasi uchun $2780ni tashkil qildi.