Bayram va dam olish kunlari ayrim banklar tomonidan valyuta ayirboshlash va pul o‘tkazmalari shoxobchalari faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.
Bandlik vazirligi tomonidan tasdiqlangan 2025-yil uchun ish vaqtining davomiyligi taqvimiga ko‘ra, 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni joriy yilda shanba kuniga to‘g‘ri kelgani sababli dam olish kuni 10-mart, dushanbaga ko‘chiriladi.
Ushbu kunlarda quyidagi banklar tomonidan ayrim valyuta ayirboshlash va xalqaro pul o‘tkazmalari shoxobchalari faoliyat ko‘rsatadi:
- “Ipak yo‘li bank”;
- "O‘zmilliybank";
- "Biznesni rivojlantirish banki";
- "Agrobank";
- "Hamkorbank";
- "Trastbank";
- "Turonbank";
- "Aloqabank";
- "Sanoatqurilishbank";
- "Xalq banki“
- ”Asakabank";
- "InfinBank";
- "Ipoteka bank";
- "Garant bank";
- "MKbank";
- "Asia Alliance bank";
- "Orient Finans Bank";
- "Tenge bank".
Shu bilan birga, 24/7 rejimida ishlovchi avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash bankomatlari hamda kunning istalgan vaqtida banklarning mobil ilovalari orqali onlayn valyuta ayirboshlash operatsiyasini amalga oshirish mumkin.
Avvalroq ipoteka krediti bo‘yicha foiz stavkalari pasaytirilgani haqida xabar berilgandi. “Ipotekani qayta moliyalashtirish” kompaniyasining hamkor banklari tomonidan ajratiladigan ipoteka kreditlarining foiz stavkasi 21,5% dan 19,5% gacha tushirildi.