“Workmall” xususiy bandlik agentligi Janubiy Koreyaning “Samsung Heavy Industries” kompaniyasidagi ishlar uchun tanlov e’lon qildi, deya xabar berdi Migratsiya agentligi matbuot xizmati.
Elektriklar kemasozlik zavodidagi 139 ta bo‘sh ish o‘rniga ariza topshirishlari mumkin. Eng kam ish haqi $1720 ni tashkil etadi.
Nomzodlar 22−35 yosh oralig‘ida, bir yildan ortiq ish tajribasiga ega hamda sudlanmagan bo‘lishi kerak.
Shu bilan birga, elektr energetika, elektr texnikasi, elektr mexanika va elektr texnologiyalari yo‘nalishlaridan birida bakalavr yoki undan yuqori darajadagi diplomga ega bo‘lish talab etiladi.
Tanlov 4−7-aprel kunlari “Samsung” zavodi vakillari tomonidan o‘tkaziladi. Imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan dastlabki 40 nafar nomzod joriy yilning iyun oyida Koreyaga jo‘natiladi.
Nomzodlar “Telegram"dagi @Koreyada_vakansiya manziliga o‘zlarining diplom ma’lumotlarini yuborishlari kerak.
Agentlik ish shartlari va xarajatlar borasida “Workmall” kompaniyasining 71−200−86−00 telefon raqamlariga bog‘lanishni so‘ragan.
Shuningdek, Namangan filialiga 90−273−93−93 raqamlari, Buxoro filiali — 95−158−86−16, Jizzax filiali — 94−828−05−25, Farg‘ona filiali — 50−500−12−34 orqali murojaat qilish mumkin.
Avvalroq o‘zbekistonlik avtobus haydovchilari Germaniyaga ishga qabul qilinayotgani haqida xabar berilgandi. Nomzodlar BC haydovchilik guvohnomasi hamda nemis tilidan xalqaro sertifikatga ega bo‘lishlari kerak.