Yana ikkita xorijiy internet-kompaniyasi O‘zbekistonda qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazildi. Bu haqda Soliq qo‘mitasi saytidan ma’lum bo‘ldi.
2-aprel kuni Amerikaning Coursera masofaviy ta’lim platformasi elektron xizmat yetkazib beruvchilarning maxsus platformasida hisobga olindi.
Bundan oldin, 24-aprel kuni Avstraliyaning Canva — grafik dizayn va taqdimot yechimlarini ishlab chiquvchi kompaniyasi ro‘yxatdan o‘tgan.
Natijada, O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan xorijiy internet-kompaniyalari soni 69 taga yetdi. Joriy yil boshidan jami 11 ta bigtex, jumladan, Alibaba Cloud, eBay, OpenAI, hamda Bloomberg LP kabilar ro‘yxatga qo‘shildi.
Birinchi chorakda 68 ta xorijiy IT-kompaniya tomonidan to‘langan soliqlar miqdori 1,5 baravar o‘sib, 36,2 mlrd so‘mni tashkil etdi. Top-5 talikka birinchi marta OpenAI (1,09 mlrd so‘m) hamda O‘zbekistonda bloklangan TikTok (934,8 mln so‘m) kirdi.
2020-yilning mart oyidan O‘zbekistonda xizmatlar va tovarlarni sotuvchi xorijiy elektron tijorat kompaniyalarini soliqqa tortish tartibi kuchga kirgan. Ular jismoniy shaxslarga ko‘rsatilgan sotuvlar bo‘yicha QQS to‘lovchilari sifatida tan olinadi.