Senat “Xalqaro mehnat standartlari milliy qonunchilikka implementatsiya qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida"gi qonunni maʼqulladi. Bu haqda yuqori palata matbuot xizmati xabar berdi.
Qonun bilan Mehnat kodeksiga teri rangi va siyosiy qarashlar mehnat hamda mashg‘ulotlar sohasida kamsitish sifatida baholanadigan belgilar qatoriga kiritilmoqda.
Shuningdek, mehnat va mashg‘ulotlar sohasida shahvoniy shilqimlikka yo‘l qo‘yilmasligi belgilanmoqda.
Senatorlarning fikricha, qonun fuqarolar uchun mehnat sohasida teng imkoniyatlar yaratish, kamsitishlarning oldini olish hamda mehnat huquqlari kafolatlarini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Spot avvalroq mehnatdagi baxtsiz hodisalarni tekshirish va hisobga olish tartibi belgilangani haqida yozgandi.