O‘zbekiston Qozog‘iston eksport qilgan 2024-yilgi g‘alla hosilining uchdan bir qismidan ko‘prog‘ini oldi. Bu haqda Forbes Kazakhstan Qozog‘iston temir yo‘li ma’lumotlariga tayanib xabar bermoqda.

2024-yil sentabridan boshlab o‘tgan sakkiz oy mobaynida Qozog‘iston chetga yangi hosildan 7,6 mln tonna bug‘doy yetkazib berdi. 2023−2024-yillarning shu davriga nisbatan eksport hajmi 58%ga ortdi.

Qozog‘iston donining eng yirik yo‘nalishi O‘zbekiston bo‘lib qolmoqda. Yetkazib berish hajmi 2,7 mln tonnani tashkil etib, o‘tgan mavsumga nisbatan deyarli 30%ga ortdi.

Ikkinchi o‘rinni 1,1 mln tonna bilan Tojikiston egalladi, bu o‘tgan yilgi hosilga qaraganda 1,5 barobar ko‘p. Yetakchi uchlikni Eron yakunlayapti — 889 ming tonna bilan, bu 2023−2024 yilgi mavsumdan 16 barobar yuqori ko‘rsatkich.

Eng katta ta’minot o‘sishi Ozarbayjon yo‘nalishida kuzatildi — deyarli 114 barobarga, 569 ming tonnagacha ko‘paydi.

Afg‘oniston Qozog‘istondan don xaridini 270 ming tonnagacha oshirib, o‘tgan mavsumga nisbatan uchdan bir qismga ko‘paytirdi. Qirg‘izistonga eksport ikki barobarga oshib, 181 ming tonnani tashkil etdi.

Mart oyi oxirida O‘zbekiston temir yo‘llari va Qozog‘iston temir yo‘llari Qozog‘iston donining Afg‘onistonga tranziti uchun tarifni 40%ga pasaytirishga kelishib olgan edi. Bu Oazis (Qoraqalpog‘iston) davlatlararo tutashuv punkti orqali G‘alaba temir yo‘l stansiyasiga (Surxondaryo viloyati) yuk tashishga taalluqlidir.


Avvalroq Spot 1-iyuldan 86 turdagi tovarlarga eksport bojxona bojlari joriy etilishi haqida yozgandi.

Bular qatorida go‘sht mahsulotlari, bug‘doy, charm xomashyosi, tabiiy gaz hamda mineral o‘g‘itlar bor.