O‘zbekistonga import qilinadigan avtomobillar hajmi pastligicha qolmoqda. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlarida keltirilgan.
Yanvar-mart oylarida mamlakatga umumiy qiymati $115,1 mlnga teng 6 950 ta yengil avtomobil import qilingan. Taqqoslash uchun, 2024-yilning birgina yanvar oyida import qiymati $222,8 mlnlik 10,2 mingta avtomobilni tashkil etdi.
Mart oyida avtomobil yetkazib berish biroz faollik kuzatildi. Bu oyda $39,2 mlnlik 2511 ta mashina (Bojxona qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra — 2 506 ta avtomobil va $39,31 mln) olib kelingan.
Xitoy mahalliy bozorga 75% ulush bilan avtomobillarning asosiy yetkazib beruvchisi sifatida qolmoqda. Biroq, birinchi chorakda yetkazib berish hajmi bor-yo‘g‘i 5 235 donani tashkil etdi, shundan 2 076 tasi mart oyida olib kelingan.
Ikkinchi o‘rinda 1 425 ta avtomobil (20,5%) bilan Janubiy Koreya joylashgan bo‘lib, mart oyida mamlakatdan atigi 234 ta avtomobil yetkazib berilgan. Uchinchi o‘rinni 144 ta “inomarka” bilan Hindiston egalladi, keyingi o‘rinlarda 77 ta mashina bilan Yaponiya va 18 ta mashina bilan AQSh bormoqda. Qolgan mamlakatlarga importning 1% dan kamrog‘i to‘g‘ri keldi.
Bojxona qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, mart oyida avtomobillar importi 2024-yilning shu oyiga nisbatan miqdor jihatidan 40% ga, qiymat jihatidan esa 2,74 barobarga kamaygan. Ayniqsa, gibrid avtomobillar segmentida 23 baravargacha pasayish kuzatildi.
Avvalroq O‘zbekistonda yengil avtomobillar savdosi yillik hisobda deyarli uchdan bir qismga kamaygani haqida xabar berilgandi.