Tadbir Italiyaning oliy modasi va zamonaviy Toshkentni birlashtirib, poytaxtni madaniy muloqot va ilhom makoniga aylantiradi.

Tabrik so‘zida Click bosh direktori Ulug‘bek Rustamov quyidagilarni ta’kidladi:
“Biz Click’da bunday loyihalarni qo‘llab-quvvatlay olishimizdan faxrlanamiz. Zero, ular nafaqat moda va san’atni, balki mamlakatlarimiz madaniyatini ham birlashtiradi. Shuningdek, ilhom va hamkorlik uchun maydon yaratadi. Click har doim texnologiyalarda peshqadam bo‘lgan, ammo biz uchun oldinga intilish — odamlar hayotini yorqinroq va mazmunliroq qiladigan hamma narsani qo‘llab-quvvatlash muhim: musiqa, moda, san’at. Chunki odamlar o‘rtasidagi haqiqiy bog‘liqlik aynan shunda tug‘iladi”.

Alta Moda Italiana a Tashkent doirasida moda namoyishlari, ko‘rgazma, art-performans tableau vivant bo‘lib o‘tadi. Ishtirokchilar orasida Gilermo Mariotto, Saman Loyra, Francheska Liberatore, Federika Fusko, Gianpaolo Zuccarello, Antonio Marino, shuningdek, Modateca Deanna bilan birgalikda Kostyum va moda akademiyasi bor.

O‘zbekistonlik iste’dodlarga ham alohida e’tibor qaratildi: dizayner AzukarMoreno Click’ning mahalliy moda sanoatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash missiyasini aks ettiruvchi to‘plamini taqdim etadi.
Alta Moda Italiana a Tashkent 11 oktabrgacha davom etadi va Italiya hamda O‘zbekistonni birlashtiruvchi madaniy muloqot ramziga aylanishga va’da beradi.

Bundan tashqari, tadbir doirasida ramziy obrazlar ko‘rgazmasi ham o‘tkazilmoqda. Ko‘rgazmada jahon modasi va kinosi tarixiga kirgan liboslar namoyish etilmoqda.
Chiptalarni bu yerdan xarid qilish mumkin.
Reklama huquqlari asosida.
