Tesla asoschisi Ilon Mask kelajakda pullar yo‘qolib ketishi mumkinligini ta’kidladi. U bu fikrni kompaniya aksiyadorlari yig‘ilishida bildirdi.
“Balki kelajakda pul umuman bo‘lmaydi. Yoki pul bo‘lsa ham, uni vattlarda o‘lchash mumkin bo‘lar. Misol uchun, elektr energiyasi nuqtai nazaridan qancha quvvat ishlab chiqarish mumkinligi bilan”, — dedi u va hazil aralash aksiyadorlarga “Tesla aksiyalarini ushlab turishga to‘g‘ri kelishi mumkin” degan fikrni qo‘shib qo‘ydi.
31-oktabr kuni milliarder Jo Roganning podkastida sun’iy intellekt (SI) 2030-yilgacha smartfonlarni butunlay almashtirishi mumkinligini aytdi. Uning hisob-kitoblariga ko‘ra, neyrotarmoq o‘z egasining ehtiyojlariga mustaqil ravishda moslasha oladi.
Noyabr oyida sun’iy intellekt kompaniyasi OpenAI asoschisi Sem Altman yaqin yillar ichida neyrotarmoq kompaniyaning boshqaruv vazifalarining aksariyatini bajara olishini ma’lum qildi.
Altman hatto o‘zining bosh direktor lavozimini sun’iy intellekt egallashi mumkinligini e’tirof etdi. “Agar men siyosatchi rolini o‘ynay olsam, sun’iy intellekt ham buni uddalay oladi”, deya ta’kidladi Altman.
Avvalroq Ilon Mask sun’iy intellekt sabab yaqinda odamlarning ishlashiga hojat qolmasligi haqida gapirdi.
Tesla kompaniyasi asoschisining aytishicha, yaqin kelajakda SI va robotlar barcha ish o‘rinlarini egallaydi.
Maskning ta’kidlashicha, “kelajakda ish qilish, xuddi sabzavotlarni do‘kondan sotib olish o‘rniga o‘zingiz yetishtirish kabi, majburiy bo‘lmay qoladi”.
