AgroVentures venchur fondi prezidentning 2026-yil 13-martdagi PQ-99-son qaroriga muvofiq “Agrobank” tomonidan tashkil etilgan. Jamg‘arma qishloq xo‘jaligidagi startaplarni qo‘llab-quvvatlash, istiqbolli g‘oyalarni moliyalashtirish va ularni amaliyotga joriy etishga ko‘maklashadi.

Korporativ akselerator shu yo‘nalishdagi amaliy tashabbuslardan biridir. 12 haftalik dastur davomida jamoalar “Agrobank” bo‘linmalari hamda uning kichik va o‘rta biznes mijozlari bilan birgalikda o‘z mahsulotlarini real sharoitda sinovdan o‘tkazadi.

Dasturni muvaffaqiyatli yakunlagan startaplar AgroVentures’dan 25 mingdan 500 ming dollargacha sarmoya jalb qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Dastur AI Station hamkorligida tashkil etilmoqda.

Bank bilan amaliy hamkorlik va mentorlik

Har bir jamoaga “Agrobank” tomonidan tajribali menejer biriktiriladi. U startapga bank va uning mijozlari bilan pilot loyihani amalga oshirishda ko‘maklashadi.

Ishtirokchilar biznes va agrobiznes, bank va IT sohasidagi ekspertlardan dastur davomida mentorlik asosida bilimlar va ko‘nikmalar orttirishi hamda tajriba oladi imkoniyati mavjud. Dastur xalqaro master-klasslar, hududlardagi amaliy seminarlar hamda mentorlar bilan yakkama-yakka uchrashuvlarni qamrab oladi. Mashg‘ulotlarda mahsulotni bozorga olib chiqish, sotuvni rivojlantirish, moliyaviy model tuzish va investorlarga taqdimot tayyorlash ustida ishlanadi.

Xalqaro mentorlar orasida Microsoft va Intel kompaniyalarida ishlagan Talos Capital asoschisi Kris Sangos hamda Mantro kompaniyasi bosh direktori Manfred Tropper bor.

Akselerator yakunida jamoalar Demo Day tadbirida “Agrobank” rahbariyati, investorlar va hamkorlarga o‘z mahsulotlari hamda pilot natijalarini taqdim etadi.

Dasturda qatnashish bepul.

Ishtirok uchun startaplardan ulush yoki ularning daromadidan foiz talab qilinmaydi.

Dastur kimlar uchun mo‘ljallangan?

Akseleratorga agrosoha va fintech, bank tizimida sun’iy intellekt, aqilli qishloq xo‘jaligi, logistika va ta’minot, iqlim xatarlari hamda kichik va o‘rta biznes uchun yechimlar yo‘nalishida mahsulotga ega jamoalar taklif etiladi.

Ro‘yxatda ko‘rsatilmagan boshqa yo‘nalishlarda ishlayotgan, biroq bank yoki fermerlar uchun foydali yechim taklif qila oladigan startaplar ham ariza topshirishi mumkin.

Arizalar 9-noyabrgacha qabul qilinadi. Dasturga 20 tagacha jamoa saralab olinadi. Batafsil — havolada.

Reklama huquqlari asosida.