WhatsApp ishlab chiquvchilari messenjerga oila a’zolari va yaqinlar bilan muloqot qilish qulayligini oshiradigan 9 ta yangi funksiya qo‘shildi.

Qayd etilishicha, yangiliklar qo‘ng‘iroqlar, chatlar va statuslarga tegishli bo‘ldi.

O‘tkazib yuborilgan qo‘ng‘iroqlar haqida xabarlar

Agar suhbatdosh ovozli yoki video qo‘ng‘iroqqa javob bermasa, WhatsApp qo‘ng‘iroq tugashi bilan darhol qo‘ng‘iroq turiga qarab ovozli xabar yoki “doira” yozib qoldirishni taklif etadi.

Funksiya orqali foydalanuvchi qo‘ng‘iroq qilinganini va amalga oshmagan qo‘ng‘iroqqa xabar qoldirilganini ko‘radi.

Audio chatdagi reaksiyalar

Audio chatlar guruhning barcha a’zolariga qo‘ng‘iroq qilmasdan xabar yuborish va jonli muloqot o‘rtasida tez almashish imkonini beradi.

Endi bevosita audio chatda reaksiyalar yuborish mumkin. Suhbatni to‘xtatmasdan ishtirokchilarni salomlashingiz mumkin.

Gapiruvchini ajratib ko‘rsatadigan guruhli qo‘ng‘iroqlar orqali video qo‘ng‘iroqlar paytida suhbatni oson kuzatib borish uchun gapiruvchi avtomatik ravishda ajratib ko‘rsatiladi.

Meta AI yordamida tasvir yaratish sifati yaxshilandi. WhatsApp’da Midjourney va Flux modellari asosida yangi tasvir yaratish imkoniyatlari joriy etildi.

Chatlar yoki holatlarda tabriklar yuborishda Meta AI orqali yaratilgan tasvirlar sifatining sezilarli darajada yaxshilanganini ko‘rasiz. Ushbu funksiya Rossiyada mavjud emas.

Shuningdek, Meta AI yordamida tayyor rasmlarni jonlantirish imkoniyati qo‘shildi. Endi suhbatlar yoki holatlarni yanada qiziqarli va yorqin qilish maqsadida, istalgan suratni qisqa videoga aylantirish imkoniyati paydo bo‘ldi.

Kompyuterda yangi media fayllari bo‘limi

Chatlardagi hujjatlar, havolalar va media fayllar jamlanagan yangi bo‘lim paydo bo‘ldi. Bu orqali ilovaning veb-versiyasida, Mac va Windows kompyuterlarida fayllarni topish va ko‘proq ishlarni bajarish osonlashadi.

Statusda yangi stikerlar. Endi holatlarga interaktiv reaksiya stikerlari, qo‘shiq matni vidjetlari va boshqa WhatsApp foydalanuvchilari so‘rashi mumkin bo‘lgan savollar vidjeti qo‘shish mumkin.

Kanallarda so‘rovnomalar. Endi kanal muallliflari auditoriya bilan yaxshiroq aloqa o‘rnatish va real vaqt rejimida javoblar olish uchun so‘rovnomalar yaratishi mumkin. Bu funksiya Rossiyada mavjud emas.

Yuqorida keltirilgan barcha yangiliklar hozirda WhatsApp’ning oxirgi versiyasida mavjud.