Ikki yildan kamroq muddat davomida Matrix Z elektronika onlayn-do‘koni oyiga 6 mlrd so‘m daromadga chiqib, sotuvlarning 60%i Market Yandex Go’da amalga oshirilgan. Kompaniya direktori Shahboz Salohiddinov O‘zbekistonda onlayn-do‘konni qanday ishga tushirish, marketpleyslar bilan ishlashda nimalarga e’tibor qaratish kerakligi va kompaniya bu yo‘lda qanday qiyinchiliklarni yengib o‘tgani haqida so‘zlab berdi.
Hammasi qanday boshlangan edi?
Men yetti yildan buyon savdo bilan shug‘ullanaman. 2023-yilda, O’zbekistonda e‑commerce faol rivojlanishni boshlaganda, biznesni to‘liq onlayn tarzda yo‘lga qo‘yishga qaror qildik va shu tariqa Matrix Z paydo bo‘ldi. Biz zudlik bilan o‘sha paytda bozorda mavjud bo‘lgan barcha marketpleyslarga kirib bordik: tovarlarni distribyutordan olar, qadoqlar va platformalarga joylashtirar edik.
Biz asosan smartfonlar, planshetlar, noutbuklar va Xiaomi ekotizimi mahsulotlari (havo tozalagichlar, lampochkalar va boshqalar)ni sotamiz. Dastlab bizda atigi to‘rtta xodim bor edi: direktor, marketpleys-menejeri, marketolog va dizayner. Hozir jamoamizda 8 kishi bor bo‘lib, oylik daromadimiz 5−6 mlrd so‘mni tashkil etadi.
Yangi savdo kanali
Biz Market Yandex Go bilan platforma O‘zbekistonda paydo bo‘lishi bilanoq ishlay boshladik. Biz xaridorlar Yandex ekotizimini yaxshi bilishlari va brendga ishonganliklari sababli — darhol ushbu platformaga chiqish kerakligini tushundik.
Do‘konimizni platformada o‘zim ro‘yxatdan o‘tkazdim — bu qiyin bo‘lmadi. Market Yandex Go oferta va buxgalteriya bilan bog‘liq masalalarni hal qilishga yordam berdi.
Hozirgi kunda Market Yandex Go orqali sotuvlar hajmi umumiy sotuvlarimizning 50−60% ini tashkil etadi. Talab bo‘yicha top-3 tovarlarga smartfonlar, planshetlar va smart-soatlar kiradi.
Samarali sotish instrumentlari
Marketpleys tahlil va targ‘ibot uchun bir qancha instrumentlar taqdim etadi. Biz moliyaviy ko‘rsatkichlar — sotuvlar, to‘lovlar va tushum muddatlarini kuzatib boramiz. Batafsil hisobotlar tovarlarning harakati va qoldiqlarini — har bir partiya qayerda joylashgan, buyurtma topshirish punktiga qaysi tovarlar bormoqda va omborga nima qaytarilganini ko‘rsatadi.
Targ‘ibot uchun platformaning marketing instrumentlaridan foydalanamiz. Bu chegirmalar, reklama, bannerlar va kross-platforma marketingi. O‘zbekistonda Yandex xizmatlarining auditoriyasi juda katta bo‘lib, reklama qamrovi yuqori va platformadan oldinga siljish mustaqil ravishda harakat qilishdan ko‘ra ancha arzonroq.
Yaqinda Market promo-kalendarini ishga tushirdi, unda sotuvchilar aksiyalarni tanlaydilar, o‘z mahsulotlarini qo‘shadilar va o‘zlari taqdim etishga tayyor bo‘lgan chegirma foizini ko‘rsatadilar, maydoncha esa yana qo‘shimcha chegirma beradi. Shu usul bilan biz “11.11” aksiyasi davomida rekord darajadagi sotuvlarga erishdik: buyurtmalar soni 2 baravardan ko‘proqqa, sotuvlar esa deyarli 80% ga oshdi — chegirmalar haftaligida xaridorlar 3,2 mlrd so‘mlik buyurtmalar berishdi. Ba’zi mahsulotlar bir necha soat ichida sotib bo‘lindi.
Ish modeli haqida — sotuvchi uchun nima foydaliroq
Bizning Marketdagi birinchi sotuvlarimiz FBS (fulfillment by seller) modeli bo‘yicha amalga oshirildi, bunda tovarlar sotuvchi tomonidan saqlanadi va qadoqlanadi. Biz Xiaomi ekotizimi mahsulotlaridan boshladik, chunki ularni sotish faqat smartfonlarni sotishga qaraganda foydaliroq. Dastlabki savdolar yaxshi o‘tdi.
Biz mahsulotlarning bir qismi uchun FBY (fulfillment by Yandex) modelini sinab ko‘rdik, bunda buyurtmalarni saqlash va qadoqlash Market Yandex Go tomonidan amalga oshiriladi. Hozir biz bu modeldan 90% holatlarda foydalanamiz. Bu ancha foydali model bo‘lib — logistika xarajatlari kamroq va talab eng yuqori bo‘lgan davrda yetkazib berish tezligini qanday oshirish haqida o‘ylashning hojati yo‘q — buning uchun ham platforma javobgar.
Maslahat: FBS modeli sekin sotiladigan, ammo yuqori daromad keltiradigan mahsulotlar uchun foydali bo‘lib — marketpleys omborida uzoq vaqt saqlash uchun ortiqcha to‘lov qilish shart bo‘lmaydi. Tez va ko‘p miqdorda sotiladigan tovarlarni esa marketpleys omborida saqlash qulayroq.
Ishga tushirishda qanday xatolarga yo‘l qo‘ydik?
Market Yandex Go‘ga kirishda biz boshqa marketpleyslarda ishlab orttirgan tajribamizdan kelib chiqqan holda strategiya tuzdik. Birinchi bosqichda biz juda past narx belgiladik — bu mahsulot aylanmasini berdi, lekin foyda keltirmadi. Biz strategiyani qayta ishlab chiqdik va ushbu platformaga tayanib, uch oydan so‘ng ko‘rsatkichlarni barqarorlashtirdik va foydaga chiqdik.
Foydali maslahat va tavsiyalar:
- onlayn tizimiga o‘ting. Uorren Baffet aytganidek, sarmoya kiritishni boshlash uchun eng qulay vaqt bu — kecha edi, ikkinchi eng qulay vaqt esa bugun. Elektron tijorat haqida ham shunday deyish mumkin;
- birinchi mahsulotlarni FBS modeli bo‘yicha joylashtirishga harakat qilish kerak — shunda marketpleys omborida saqlash uchun pul to‘lash shart bo‘lmaydi va ushbu marketpleysni kamroq xarajatlar bilan baholash mumkin bo‘ladi;
- yangi platformadan foydalanishga kelganda, unda boshqa platformalardagi kabi mexanizmlar va usullar ishlaydi deb o‘ylamaslik kerak. Mavjud barcha vositalardan oqilona foydalanish uchun yangi marketpleys imkoniyatlarini o‘rganish zarur.
Matrix Z — O‘zbekistondagi elektron tijorat kabi hali yosh kompaniya. Shu bilan birga, onlayn riteylerlar va marketpleyslar soni ham tez sur’atlar bilan o‘sib bormoqda, bu esa raqobatning kuchayishini — sanoatni esa oldinga siljiyotganini anglatadi. Bu yangi yondashuvlarni izlash, xaridorlar uchun eng yaxshi shartlarni taklif qilish, turli platformalarning imkoniyatlarini o‘rganish uchun sabab bo‘ladi.
Reklama huquqlari asosida.


