AQSHda o‘qituvchilar o‘rniga sun’iy intellekt botlari ta’lim beradigan Alpha School xususiy maktablar tarmog‘i ish boshladi. Bu haqda New York Post nashri xabar berdi.
Xususiy maktab sun’iy intellektli botlardan foydalanib, kuniga atigi ikki soat ichida bolalarga akademik fanlarni o‘rgatmoqda.
Qayd etilishicha, maktablarda o‘qituvchilar yo‘q, uy vazifalari yo‘q va o‘qish uchun to‘lov yiliga $65 mingacha yetishi mumkin.
Bino ichida talabalar kuniga atigi ikki soat til, matematika, tabiiy fanlar va tarix kabi boshqa muhim fanlarni o‘rganadilar — sinflar bo‘ylab harakatlanadigan “gidlar” yordamida planshet va noutbuklardagi darslarni ko‘rib chiqadilar.
Kunning qolgan qismi “hayotiy ko‘nikmalar bo‘yicha mahorat darslari"ga bag‘ishlanadi, ular 12 metrli skaladromlarga chiqish, IKEA mebelini yig‘ish yoki Rubik kubini yechishni o‘z ichiga olishi mumkin.
Kompaniyaga Stenford universiteti bitiruvchisi, 49 yoshli tadbirkor Makkenzi Prays rahbarlik qiladi. Prays o‘zgarishlar tilida gapirib, an’anaviy maktablar yoshlar ongini “zaharlab qo‘yganini” aytadi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Alpha xodimlari IT sohasida tez-tez ishlatiladigan “o‘sishga yo‘naltirilgan fikrlash tarzini” singdirishga intiladi hamda bolalarni o‘z oldiga mustaqil maqsad va vazifalar qo‘yishga undaydi.
Avvalroq Spot Texasdagi maktablardan birida barcha o‘qituvchilar SIga almashtirilgani haqida yozgandi.
Qayd etilishicha, endi darslarni neyron tarmoqlar o‘tishmoqda va har bir o‘quvchiga maxsus yondashishmoqda.
