Markaziy bank 20-aprel holatiga banklar kesimida aholiga ajratilayotgan ipoteka kreditlari bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkalarini e‘lon qildi.

Regulyator ma‘lumotlariga ko‘ra, jismoniy shaxslarga ajratilayotgan kreditlar (mikroqarz va kredit kartalardan tashqari) bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi 23,1%ni tashkil etmoqda.

Banklar bo‘yicha ipoteka stavkalari quyidagicha:

  • Aloqabank — 18%
  • O‘zsanoatqurilishbank — 21,2%
  • Agrobank — 21,3%
  • Ipoteka bank — 21,6%
  • Hamkorbank — 21,9%
  • O‘zmilliybank — 21,9%
  • InfinBank — 22,4%
  • Xalq banki — 22,9%
  • Davr bank — 23,3%
  • Orient Finans bank — 23,5%
  • Biznesni rivojlantirish banki — 24,3%
  • Ipak yo‘li bank — 24,5%
  • Mikrokreditbank — 24,6%
  • Ziraat bank — 25%
  • Turon bank — 25,5%
  • Asakabank — 25,8%
  • Trastbank — 26%
  • Asia Alliance bank — 26%
  • Universal bank — 26%

Markaziy bank ma‘lumotiga ko‘ra, ipoteka kreditlari bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi 23,5%ni tashkil etadi.

Shuningdek, regulyator yuridik shaxslarga ajratilayotgan kreditlar bo‘yicha ham o‘rtacha stavkalarni taqdim etdi.

Xususan, aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun biznesga berilayotgan kreditlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi 25,4%ni tashkil etgan.

Bu yo‘nalishda eng past stavkalar O‘zmilliybank (21%), KDB bank (21,5%), Xalq banki (22,1%)da qayd etilgan.

Nisbatan yuqori stavkalar esa Anorbank (29%), Poytaxt bank (29,1%), Kapitalbank (29,8%) hamda TBC bank (30,3%)da kuzatilgan.

Asosiy vositalar xaridi uchun yuridik shaxslarga ajratilayotgan kreditlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi 23,9%ga teng.

Mazkur yo‘nalishda eng arzon kreditlar BRB (19,8%), O‘zmilliybank (20,3%), Garant bank va Mikrokreditbank (21%) tomonidan taklif etilmoqda.

Nisbatan yuqori stavkalar Hamkorbank (25,1%), Davr bank (25,7%) va Universal bank (29,5%)da qayd etilgan.


Spot, avvalroq, Janubiy Koreyaning Shinhan Banki O‘zbekistonda sho‘ba bankini ochishni rejalashtirayotgani haqida yozgandi.