Click mamlakatdagi eng xavfsiz fintex platformalaridan biri bo‘lib, har kuni millionlab foydalanuvchilarning xavfsizligini ta’minlaydi.

Tizimda firibgarlik insonga ta’sir ko‘rsatguniga qadar uni aniqlash va to‘xtatish uchun o‘z texnologiyalari hamda hamkorlik vositalarini o‘z ichiga olgan ko‘p bosqichli antifrod-yechimlar ishlaydi.

Shu bilan birga, Click faqat texnologiyalar bilan cheklanmaydi. Kompaniya xavfsizlik uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olib, foydalanuvchilarga amalda yordam beradi: agar Click tizimi orqali pul o‘g‘irlangan bo‘lsa, u qaytariladi

Bu Click’ning qat’iy yondashuvi: endilikda xavfsizlik shunchaki gap emas, balki kompaniya zimmasidagi aniq majburiyatdir.

“Biz uchun eng muhimi foydalanuvchilar Click’ni ishlatayotganda o‘zini xotirjam his qilishidir. Biz himoya texnologiyalarini doimiy ravishda kuchaytirib boramiz, ammo xavfsizlik bu faqat tizim va algoritmlar emas, balki foydalanuvchining murakkab vaziyatda yolg‘iz qolmasligiga bo‘lgan ishonchi ham ekanligini yaxshi tushunamiz. Shu sababli firibgarlik yuz berganda mablag‘larni qaytarish kafolatini ishga tushiryapmiz”, — dedi Click kompaniyasi bosh direktori va hammuassisi Ulug‘bek Rustamov.

Mablag‘lar tekshiruv yakunlariga ko‘ra qaytariladi: agar firibgarlik tasdiqlansa, pul foydalanuvchiga qaytarib beriladi. Bunday hollarda, Click jamoasi arizaga tezda javob beribi, vaziyatni o‘rganib chiqadi va muammo to‘liq hal bo‘lguncha foydalanuvchini qo‘llab-quvvatlaydi.

Agar foydalanuvchi o‘zi amalga oshirmagan pul o‘tkazuvini yoki o‘z tasdig‘isiz hisobdan mablag‘ yechilganini aniqlasa, batafsil ma’lumot va ariza yuborish imkoniyati Click SuperApp ilovasining “Firibgarlik haqida xabar berish” mini-ilovasida mavjud.

Arizalar faqat identifikatsiyalangan foydalanuvchilardan qabul qilinadi. Mazkur chora akkaunt egasini tasdiqlash va tekshiruv to‘g‘ri o‘tishi uchun kerak bo‘lgan zaruriyatdir. Identifikatsiya foydalanuvchi va uning mablag‘larini himoyalaydi va ular uchinchi shaxslar qo‘liga tushib qolish xavfini bartaraf etadi.

Identifikatsiyadan havola orqali o‘tish mumkin.

Click fintex kompaniyasi raqamli to‘lovlar va o‘tkazmalar sodda, qulay va ishonchli bo‘lib qolishi uchun bundan keyin ham antifrod tizimlarni rivojlantirish hamda servis xavfsizligini kuchaytirishni davom ettirishini ta’kidlaydi.

Reklama huquqlari asosida.