Apple kompaniyasi iPhone korpusidagi klassik tugmalardan voz kechib, sensorli panellarni almashtirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Xitoyning mashhur Instant Digital insayderi xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, yangilik 2027-yilda chiqariladigan yubiley iPhone’ga tatbiq etish uchun sinovdan o‘tkazilmoqda.
Oddiy mexanik tugmachalar o‘rniga qattiq jismli tugmalar paydo bo‘lishi taxmin qilinmoqda. Bular vibro-javob orqali taktil aks ta’sirga ega bo‘lgan sensor sohalardir.
Insayderning ta’kidlashicha, mutaxassislar allaqachon turli sharoitlarda, jumladan, qo‘lqoplarda, ho‘l qo‘llar bilan, ekstremal haroratda va g‘ilof kiygan holda sinovlar o‘tkazgan.
Bunday texnologiya avvalroq iPhone’larda paydo bo‘lgan. iPhone 7'da odatiy “Bosh sahifa” tugmasi sensorli panelga almashtirilgan.
Garchi tugmaning o‘zi bir xil holatda qolgan bo‘lsa-da, vibromotorlar bosish hissini haqiqiysiga o‘xshatib bergan.
Ushbu o‘zgarishlar ovoz balandligini oshirish va pasaytirish, shuningdek, smartfonni qulflash tugmalariga ham ta’sir qilishi kutilmoqda.
Qattiq jismli juda kam quvvat sarflaydigan mikroprotsessor yordamida ishlaydi. Bu ulardan hatto batareya quvvati tugaganida ham foydalanish imkonini beradi.
Mart oyida Bloomberg muxbiri Mark Gurman Apple “iPhone'ning butun tarixi davomidagi eng keng ko‘lamli yangilanishi” ustida ish olib borayotgani haqida xabar berdi.
Xususan, u uzoq vaqtdan beri muhokama qilinayotgan buklama iPhone hamda kompaniyaning 20 yilligiga bag‘ishlab chiqarilishi kutilayotgan, butunlay romsiz dizayndagi ambitsiyali iPhone modelini nazarda tutmoqda.
Apple bosh direktori Tim Kukdan so‘ng asosiy nomzod sanalgan kompaniyaning apparat ta’minoti bo‘yicha vitse-prezidenti Jon Ternus Ternus mazkur loyihalar ishlamoqda.
Jumlasan, u iPhone tarixidagi eng yirik yangilanishga, buklama model hamda 2027-yilda taqdim etilishi mumkin bo‘lgan, ekrani chekkadan-chekkagacha bo‘lgan versiyaga rahbarlik qilmoqda.
Agar shunday qurilma umuman taqdim etilsa, Apple buklama iPhone’ni shu yil sentabr oyida, kompaniyaning yubiley iPhone’ni esa kelasi yili debyut qilishi kutilmoqda.
Apple ilk iPhone’ni 2007-yil yanvar oyida taqdim etgan, kelasi yili ushbu afsonaviy qurilmaga 20 yil to‘ladi.
Avvalroq Gurman Apple Ultra toifasidagi uchta premium qurilmani tayyorlayotganida ma’lum qildi.
Ultra sinfidagi buklanadigan iPhone, kamerali AirPods va OLED-ekranli MacBook joriy yilda taqdim etilishi mumkin.
Shuningdek, Bloomberg Apple Face ID o‘rniga Touch ID’ga ega buklama iPhone’ni chiqarishi haqida yozgandi.
Qayd etilishicha, u qulfdan chiqarish uchun 2022-yilda voz kechilgan texnologiyadan foydalanilgan birinchi smartfon bo‘ladi.