Hayit arafasida Uzum Market milliy marketpleysi yangi toifani ishga tushirmoqda. 11-maydan boshlab platforma assortimentida qishloq xo‘jaligi hayvonlari, parrandalar va asalarilar paydo bo‘ladi.

Yangi toifa butun mamlakat bo‘ylab fermerlar va xususiy xo‘jaliklarga xaridorlarni tezroq topishga, foydalanuvchilarga esa ishonchli sotuvchilardan hayvonlarni onlayn tanlashga yordam beradi.

Xaridorlar uchun quyidagilar mavjud bo‘ladi:

  • ho‘kiz, sigir va buzoqlar;
  • qo‘y, qo‘chqor va echkilar;
  • otlar;
  • tovuq, o‘rdak, g‘oz va kurkalar;
  • quyonlar;
  • asalarilar va asalari oilalari.

Toifaning ishga tushirilishi, ayniqsa, Hayit bayrami arafasida, ya’ni qishloq xo‘jaligi hayvonlariga talab an’anaviy ravishda ortib borayotgan davrda aktualdir. Uzum Market xarid jarayonini ham xaridorlar, ham sotuvchilar uchun yanada qulay, shaffof va xavfsiz qilishga intiladi.

“Bugungi kunda marketpleys nafaqat texnika, kiyim-kechak yoki oziq-ovqat sotib olish maydoniga, balki kichik biznes va fermer xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash vositasiga aylanmoqda. Biz, hatto, kichik xo‘jaliklar va xususiy fermerlarga ham raqamli vositalar va onlayn savdo yordamida butun mamlakat bo‘ylab o‘z mijozlarini topishga yordam bermoqchimiz”, — dedi Uzum Market biznesni rivojlantirish bo‘yicha direktori Vladislav Saxarov.

Platformada hayvonlarni sotish DBS (Delivery by Seller) modeli bo‘yicha amalga oshiriladi, bunda sotuvchi barcha veterinariya, sanitariya va transport talablariga rioya qilgan holda hayvonlarni saqlash, tashish va xaridorga yetkazib berish uchun mustaqil ravishda javob beradi.

E’lonlarni joylashtirish uchun sotuvchilar zarur veterinariya hujjatlariga ega bo‘lishlari kerak, shu jumladan:

  • veterinariya pasporti;
  • import qilingan hayvonlar uchun veterinariya guvohnomasi yoki kuzatuv hujjatlari;
  • hayvonning sotish va xaridorga topshirish paytidagi sog‘lig‘ini tasdiqlovchi veterinariya ma’lumotnomasi yoki xulosasi.

Bundan tashqari, sotuvchilar hayvonlar va parrandalarni tashish sharoitlari, harorat rejimi, konteynerlar, markirovka va hayvonlar farovonligi talablariga rioya qilgan holda xavfsiz tashishni ta’minlaydi.

Yangi toifa Uzum Market`ning butun mamlakat bo‘ylab xaridorlar va tadbirkorlarni — yirik brendlardan tortib mahalliy ishlab chiqaruvchilar va fermer xo‘jaliklarigacha birlashtiruvchi platforma sifatidagi rivojlanishini davom ettirmoqda.

Reklama huquqlari asosida.