Buxoro viloyati Kogon tumani hokimi o‘rinbosari tamagirlik yo‘li bilan $12 ming olgan vaqtida ushlandi, deb xabar berdi DXX.
Buxoro tumanida shartnoma asosida dehqonchilik qilayotgan fermer sug‘orish suvi muammosiga duch kelgan.
U Qum Sulton massividagi ekin maydonlariga Kogon tumani orqali keladigan suv to‘xtatilgani bois, hokim o‘rinbosaridan yerlarni suv bilan taʼminlashda amaliy yordam so‘radi.
Mansabdor shaxs esa ekin maydonlariga keladigan suvni ochib berishini va kelgusida bu borada muammo bo‘lmasligini aytib, evaziga $15 ming talab qilgan.
Hozirda gumonlanuvchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) 2-qismi “b”, “v” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi.
Spot, avvalroq, Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi o‘rinbosari kioskani noqonuniy buzgani uchun jarimaga tortilgani haqida yozgandi.